كيف نواجه كوارث الطبيعة؟
(١)
تُعَدُّ الكَوارِثُ الطَّبيعِيَّةُ مِن أَكبَرِ المُخاطِرِ الَّتِي تُهَدِّدُ البَشَرِيَّةَ، إِذْ مِنَ المُحْتَمَلِ أَنْ يُسَبِّبَ أَيُّ زِلزالٍ أَوْ تَسُونامِي أَوْ فَيَضانٍ أَوْ إِعصارٍ نِهايَةً مَأساوِيَّةً لِحَياةِ الآلافِ مِنَ النَّاسِ فِي غُضُونِ دَقائِقَ، الأَمرُ الَّذِي يَجْعَلُنا بِحاجَةٍ إِلَى التَّعَرُّفِ إِلَى كَيْفِيَّةِ الاِسْتِعْدادِ لِمُواجَهَتِها وَالتَّقْلِيلِ مِنْ آثَارِها.
فِي حالَاتِ الكَوارِثِ الطَّبيعِيَّةِ بِصُورَةٍ عامَّةٍ، يُحَذَّرُ مِنِ اسْتِخْدامِ الوَلَّاعاتِ أَوْ أَعْوادِ الثِّقابِ، وَالأَفْضَلُ اسْتِخْدامُ مِصْباحٍ يَعْمَلُ بِالبِطّارِيَّةِ لِلإِضَاءَةِ، كَما يُنْصَحُ بِإِعْدادِ حَقيبَتَيْ إِسْعافٍ وَطَوارِئَ، وَحِفْظِ الأَوْراقِ وَالوَثائِقِ المُهِمَّةِ فِي مَكانٍ آمِنٍ. غَيْرَ أَنَّ هُناكَ احْتِياطَاتٍ أُخْرَى سَنَشْرَحُها بِالتَّفْصيلِ لِلتَّعامُلِ الجَيِّدِ مَعَ الحالاتِ الطَّارِئَةِ.
(1)
Tabiiy ofatlar insoniyat uchun eng katta xavf-xatarlardan biridir. Zilzila, sunami, suv toshqini yoki dovul kabi hodisalar atigi bir necha daqiqa ichida minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bunday ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish muhim ahamiyatga ega.
Tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda, odatda, gugurt yoki zajigalkadan foydalanish tavsiya etilmaydi, buning o‘rniga batareya bilan ishlaydigan chiroqdan foydalanish ma’qul. Shuningdek, tez yordam va favqulodda holatlar uchun alohida sumkalar tayyorlab qo‘yish, muhim hujjatlarni xavfsiz joyda saqlash lozim. Biroq, bunday holatlarda samarali harakat qilish uchun boshqa muhim choralar ham mavjud bo‘lib, ularni batafsil ko‘rib chiqamiz.
(٢)
عَرِّفْ أُسْرَتَكَ بِالزَّلَازِلِ وَاحْتِياطَاتِ التَّقْلِيلِ مِنْ مَخَاطِرِها بِصُورَةٍ عامَّةٍ، لا سِيَّما إِنْ كانَتِ البِلادُ مُهَدَّدَةً بِخَطَرِ الزَّلَازِلِ، لِذَا مِنَ الضَّرُورِيِّ التَّعْرِيفُ بِكَيْفِيَّةِ فَصْلِ الكَهْرَباءِ وَالمِياهِ وَالغَازِ، وَتَرْتِيبِ قِطَعِ الأَثَاثِ فِي البَيْتِ بِشَكْلٍ يَسْمَحُ بِالحَرَكَةِ وَالتَّنَقُّلِ بِسُهُولَةٍ لِلُوصُولِ إِلَى الأَمَاكِنِ الأَكْثَرِ أَمَانًا، وَكَذَلِكَ تَثْبِيتِ الرُّفُوفِ وَالخَزَائِنِ وَالأَوَانِي بِشَكْلٍ يَحُولُ دُونَ انْقِلَابِها أَوْ سُقُوطِ الأَشْيَاءِ الثَّقِيلَةِ مِنْ فَوْقِها.
اُتْرُكِ الأَبْوابَ مَفْتُوحَةً، وَوَفِّرْ لِنَفْسِكَ وَلِمَنْ مَعَكَ الحِمَايَةَ فِي زَوايا الغُرَفِ أَوْ تَحْتَ طاوِلَاتٍ مُتِينَةٍ، وَابْتَعِدْ عَنِ الأَشْيَاءِ القَابِلَةِ لِلسُّقُوطِ بِالاهْتِزَازِ، كَالغُزَّازِ وَالثُّرَيَّاتِ وَالرُّفُوفِ وَالخَزَائِنِ غَيْرِ المُثَبَّتَةِ، وَاخْتَرِ الوَقْتَ المُنَاسِبَ لِمُغَادَرَةِ المَبْنَى بِهُدُوءٍ وَدُونَ تَدَافُعٍ، وَاسْتَخْدِمِ الدَّرَجَ، وَابْتَعِدْ عَنْ اسْتِخْدَامِ المَصَاعِدِ.
إِذَا كُنْتَ فِي مَكانٍ مَفْتُوحٍ، فَابْتَعِدْ عَنِ المَبَانِي، لا سِيَّما المُرْتَفِعَةِ مِنْها، تَفَادِيًا لِاحْتِمَالِ حُدُوثِ انْهِيَارَاتٍ، وَابْتَعِدْ عَنِ الأَشْجَارِ الكَبِيرَةِ وَأَعْمِدَةِ الإِنَارَةِ وَالهَاتِفِ وَأَبْرَاجِ الطَّاقَةِ الكَهْرَبَائِيَّةِ خَوْفًا مِنْ سُقُوطِها، وَابْقَ بَعِيدًا عَنْ شَاطِئِ البَحْرِ تَجَنُّبًا لِلْغَرَقِ.
(2)
Oilangizni zilzilalar va ularning xavfini kamaytirish bo‘yicha choralar bilan tanishtiring, ayniqsa, agar yashayotgan hududingiz zilzila xavfiga duchor bo‘lsa. Shu sababli, elektr, suv va gazni qanday uzish kerakligini bilish, mebellarni xavfsiz joylashtirish va harakatlanish uchun qulay yo‘laklarni ochiq qoldirish juda muhimdir. Shu bilan birga, javonlar, shkaflar va og‘ir buyumlarni yiqilib tushishining oldini olish uchun mahkamlash lozim.
Eshiklarni ochiq qoldiring, xavfsiz burchaklarda yoki mustahkam stollar ostida turing. Zilzila vaqtida titraydigan va yiqilishi mumkin bo‘lgan narsalardan, masalan, oyna, lyustralar, mahkamlanmagan javonlar va shkaflardan uzoqroq bo‘ling. Binodan tinch va tartibli ravishda, talashib-tortishmasdan chiqing, faqat zinadan foydalaning, liftni ishlatmang.
Agar ochiq havoda bo‘lsangiz, binolardan, ayniqsa, baland binolardan uzoqroq turing, chunki ular qulab tushishi mumkin. Katta daraxtlar, yoritish ustunlari, telefon simlari va elektr uzatish minoralaridan uzoqroq bo‘lish ham xavfsizlik nuqtai nazaridan muhimdir. Dengiz sohilidan uzoqroq turing, chunki zilzila suv toshqiniga sabab bo‘lishi mumkin.
(٣)
(تسونامي) مُصْطَلَحٌ يَابَانِيٌّ يَعْنِي الأَمْوَاجَ العَاتِيَةَ الَّتِي تَضْرِبُ السَّواحِلَ، بَعْدَ زِلزالٍ كَبِيرٍ فِي قَاعِ المُحِيطِ، وَفِي حالِ تَعَرُّضِكَ لِهَذِهِ الكَارِثَةِ الطَّبِيعِيَّةِ، فَابْقَ بَعِيدًا عَنِ المَنَاطِقِ المُغْمُورَةِ بِالمِيَاهِ، وَعُدْ إِلَى مَنْزِلِكَ عِنْدَمَا تَسْمَحُ السُّلُطَاتُ المُخْتَصَّةُ بِذَلِكَ، فَقَدْ تَأْتِي مُوجَةُ تَسُونامِي أُخْرَى أَقْوَى.
(3)
Sunami – bu yaponcha so‘z bo‘lib, okean tubida sodir bo‘lgan kuchli zilziladan keyin qirg‘oqlarga uriluvchi ulkan to‘lqinlarni anglatadi. Agar sunami xavfiga duch kelsangiz, suv bosgan hududlardan uzoqroq turing. Faqat rasmiy idoralar ruxsat berganidan keyin uyga qayting, chunki kuchliroq ikkinchi sunami to‘lqini ham yuz berishi mumkin.
(٤)
إِذَا سَمِعْتَ بِقُرْبِ حُدُوثِ فَيَضَانٍ فِي مَنْطِقَتِكَ، فَتَوَجَّهْ مَعَ ذَوِيكَ إِلَى مَكَانٍ مُرْتَفِعٍ نِسْبِيًّا، وَاعْزِلِ التَّجْهِيزَاتِ الكَهْرَبَائِيَّةَ، وَضَعْهَا عَلَى أَلْوَاحٍ خَشَبِيَّةٍ، وَتَأَكَّدْ أَنَّ مَصَارِفَ المِيَاهِ دَاخِلَ المَنْزِلِ غَيْرُ مُسَدَّدَةٍ.
بَعْدَ حُدُوثِ الفَيَضَانِ، لا تُحَاوِلِ السَّيْرَ أَوِ السِّبَاحَةَ فِي المِيَاهِ المُتَدَفِّقَةِ، وَلا تَسْتَخْدِمِ السَّيَّارَةَ فِي المَنَاطِقِ المُغْمُورَةِ بِالمِيَاهِ، فَقَدْ تَفْقِدُك مِيَاهُ الفَيَضَانِ الجَارِفَةُ السَّيْطَرَةَ عَلَيْهَا.
(4)
Agar hududingizda suv toshqini sodir bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, oila a’zolaringiz bilan balandroq joylarga boring. Elektr jihozlarini o‘chirib, ularni yog‘och tagliklarga qo‘ying va uyingizdagi suv oqava tizimi to‘silib qolmaganiga ishonch hosil qiling.
Suv toshqini sodir bo‘lgandan keyin, tez oqayotgan suvda yurish yoki suzishga urinmang. Suv bosgan hududlarda avtomobilni haydash ham tavsiya etilmaydi, chunki kuchli oqim avtomobil ustidan nazoratni yo‘qotishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
(٥)
تَتَعَرَّضُ بَعْضُ البِلادِ لِحَرَائِقَ ضَخْمَةٍ فِي الغَابَاتِ كَحَرَائِقِ غَابَاتِ أُسْتُرَالْيَا، وَرُبَّمَا تَتَعَرَّضُ مَدِينَةٌ صَغِيرَةٌ إِلَى حَرِيقٍ مَحْدُودٍ بِإِحْدَى الغَابَاتِ، فِي الحَالَتَيْنِ أَبْعِدِ المَوَادَّ القَابِلَةَ لِلِاشْتِعَالِ عَنْ مَنْزِلِكَ مَسَافَةً آمِنَةً، وَارْتَدِ مَلابِسَ وَاقِيَةً مِنَ الحَرِيقِ.
كَذَلِكَ يَجِبُ إِزَالَةُ المَوَادِّ وَالتَّجْهِيزَاتِ القَابِلَةِ لِلِاشْتِعَالِ مِنْ حَوْلِ المَنْزِلِ، كَأَكْوَامِ الحَطَبِ وَغَيْرِهَا، وَإِغْلَاقُ مَصَادِرِ الطَّاقَةِ كَالكَهْرَبَاءِ وَالغَازِ وَالوُقُودِ، وَكَذَلِكَ إِغْلَاقُ الأَبْوَابِ وَالنَّوَافِذِ لِلتَّخْفِيفِ مِنَ الحَرَارَةِ المُنْتَشِرَةِ وَإِزَالَةُ السَّتَائِرِ، وَتَجْهِيزُ خَرَاطِيمِ مِيَاهِ الحَدِيقَةِ، وَوَصْلُهَا بِالصَّنَابِيرِ.
وَفِي جَمِيعِ الظُّرُوفِ يَجِبُ أَنْ تَمْتَلِكَ مُطْفَأَةَ حَرِيقٍ فِي المَنْزِلِ، وَأَنْ تَعْرِفَ كَيْفِيَّةَ اسْتِخْدَامِهَا.
(5)
Ba’zi mamlakatlar, masalan, Avstraliya kabi joylar o‘rmon yong‘inlari bilan tez-tez duch keladi. Ba’zan esa kichik bir shahar yaqinidagi o‘rmon yong‘inidan aziyat chekishi mumkin. Ikkala holatda ham, yonuvchan materiallarni uyingizdan xavfsiz masofada saqlash va yong‘inga chidamli kiyim kiyish muhimdir.
Shuningdek, uyingiz atrofidan quruq o‘tin va boshqa yonuvchan narsalarni olib tashlang. Elektr, gaz va yoqilg‘i manbalarini o‘chirib qo‘ying. Issiqlik tarqalishini oldini olish uchun eshik va derazalarni yopish, pardalarni olib tashlash, bog‘ shlanglarini tayyorlab, suv jo‘mraklariga ulab qo‘yish kerak.
Har qanday favqulodda vaziyat uchun uyingizda yong‘in o‘chirgich bo‘lishi shart va uni qanday ishlatishni bilish ham juda muhimdir.