التلوث
التلوث – Ifloslanish
1 - أنواع التلوث – Ifloslanish turlari
2 - أسباب التلوث – Ifloslanish sabablari
الطبيعة والإنسان – Tabiat va inson
للتلوث أنواع كثيرة، كتلوث الهواء والتربة والماء، ومن أبرز أنواع التلوث وأكثرها خطورة على البيئة تلوث الهواء.
Ifloslanishning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ular orasida havo, tuproq va suvning ifloslanishi eng keng tarqalganlaridan hisoblanadi. Ulardan eng xavflisi esa atrof-muhitga katta zarar yetkazadigan havo ifloslanishidir.
ومن أهم مُسبباته استخدام المبيدات الحشرية والأسمدة، والدخان الناتج عن وقود السيارات والمصانع ومَحَطَّاتِ تكرير النفط.
Uning asosiy sabablaridan biri pestitsidlar va o‘g‘itlardan foydalanish, avtomobillar, zavodlar va neftni qayta ishlash zavodlari chiqaradigan tutunlardir.
وما ينتج عن استخراج المعادن من الأرض من مواد كيميائية وأخيراً المواد السامة الناتجة عن المفاعلات النووية.
Bundan tashqari, yer ostidan qazib olinadigan foydali qazilmalar natijasida hosil bo‘ladigan kimyoviy moddalar va oxir-oqibat yadro reaktorlaridan chiqadigan zaharli moddalar ham havo ifloslanishiga sabab bo‘ladi.
وهناك نوع آخر لا يقل خطورة عن تلوث الهواء، ألا وهو تلوث المياه والبحار والمحيطات.
Havo ifloslanishidan kam bo‘lmagan yana bir jiddiy muammo – bu suv, dengiz va okeanlarning ifloslanishidir.
وله العديد من المسببات، أهمها: التلوث الطبيعي كزيادة درجة ملوحة الماء، أو التلوث الكيميائي؛ مما يجعل الماء ساماً وغير صالح للشرب أو الري.
Bunga bir qancha sabablar mavjud bo‘lib, eng muhimlaridan biri tabiiy ifloslanish, masalan, suvning sho‘rlanish darajasining oshishi yoki kimyoviy ifloslanishdir, bu esa suvni zaharli va ichish yoki sug‘orish uchun yaroqsiz holga keltiradi.
ومن مسببات تلوث المياه مياه الصرف الصحي التي تختلط مع المياه المخصصة للشرب.
Suv ifloslanishining yana bir sabablaridan biri ichimlik suvi bilan aralashib ketadigan oqova suvlaridir.
كما يعد التلوث الناتج عن تسرب النفط عند نقله، مُسبّبا رئيساً لموت الكائنات البحرية التي يصطادها الإنسان ويأكلها فيصاب بالأمراض.
Bundan tashqari, neftni tashish jarayonida uning suvga to‘kilishi dengiz hayvonlarining o‘limiga sabab bo‘ladi. Inson esa ushbu zaharlangan hayvonlarni ovlab iste’mol qiladi va kasallikka duchor bo‘ladi.
إضافة إلى هذه المسببات فهناك النفايات البلاستيكية التي تلقى في قاع المحيطات والبحار.
Bundan tashqari, okean va dengiz tubiga tashlanadigan plastik chiqindilar ham katta muammo tug‘diradi.